Turkiya Superligasining 4-turida "Bashakshehir" o‘z maydonida "Galatasaroy"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlar 16-daqiqada Viktor Osimxenning goli evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonlik futbolchilar "Bashakshehir"ning javob golida asosiy rolni o‘ynadi. 63-daqiqada Abbosbek Fayzullayev jarima maydonida Roland Sallai tomonidan qoidabuzarlik bilan to‘xtatildi va hakam penalti belgiladi. 66-daqiqada Eldor Shomurodov 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
71-daqiqada Lukas Torreyra "Galatasaroy"ni yana oldinga olib chiqdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Davinson Sanches to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi — 2:2.
79-daqiqada "Bashakshehir" futbolchisi Umut Bozok to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam qoldirdi. Uchrashuv taqdirini esa Gabriel Sara hal qildi — u 90-daqiqada jarima zarbasidan gol urib, "Galatasaroy"ga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi.
Fayzullayev 74-daqiqada zaxiraga olindi, Shomurodov esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.