Germaniya kansleri Olaf Shols Donald Trampning Ukrainaga moliyaviy yordam evaziga AQShga nodir metallarni yetkazib berishi kerakligi haqidagi talabini tanqid qildi.
"Urushdan keyin kerak bo‘ladigan hamma narsani moliyalashtirish uchun ushbu mamlakat resurslaridan foydalanish kerak bo‘ladi", — deya Shols so‘zlarini keltiradi Reuters. Unga ko‘ra, hozir pulni mudofaani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatish “juda xudbinlik” bo‘ladi.
Shols kelajakda Ukrainaga kuchli armiya, shuningdek, mamlakatni qayta tiklash uchun mablag‘ kerak bo‘lishini ta’kidladi. "Ukrainada ro‘y berayotgan ulkan vayronagarchilikni hisobga olsak, bular katta vazifalardir. Shuning uchun ham Ukraina resurslaridan kelajak uchun foydalanilsa yaxshi bo‘lardi, deb o‘ylayman", — deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.