KXDR Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha hech qanday majburiyatlarga bog‘liq emas.
KCNA xabar berishicha, Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Kim Song bu haqda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va boshqa ba’zi davlatlar BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan 11-Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani ko‘rib chiqish konferensiyasida Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenali masalasini ko‘tarish orqali forumning "muhitini buzmoqda".
Kim Song Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolga ega davlat sifatidagi maqomini "ritorik bayonotlar" yoki "tashqi kuchlarning bir tomonlama istaklari" bilan o‘zgartirib bo‘lmasligini ta’kidladi.