Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukraina tashqi yordamsiz ikki kun ham dosh bera olmaydi deb hisoblamoqda

AQSh Ukraina tashqi yordamsiz ikki kun ham dosh bera olmaydi deb hisoblamoqda

AQSh amaldorlari Ukrainani xalqaro yordamsiz bir-ikki kun ham bardosh bera olmaydigan mamlakat sifatida ko‘rmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti "Foreign Policy" jurnaliga tayanib.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda NATO mamlakatlari badallari orqali Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni nazarda tutuvchi PURL tashabbusida ishtirok etayotgan davlatlardan birining nomi oshkor etilmagan diplomati aytgan.

“Amerikalik amaldorlar bilan suhbatlashganimda, ular Ukrainani xalqaro yordamsiz bir yoki ikki kun ham yashay olmaydigan mamlakat sifatida ko‘rishadi”, — dedi diplomat nashrga.

Jurnal bilan suhbatlashgan yevropalik diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, PURL orqali keyingi yordam paketlari bo‘yicha “katta ishonch yo‘q”. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ushbu tashabbusga qiziqish bildirgani qayd etilmoqda.

"Foreign Policy"ning yozishicha, AQSh ma’muriyatida ayrimlar Ukrainaning barqarorligiga ishonmasligi mumkin, Vashington ko‘magisiz esa Kiyevning imkoniyatlari cheklangan.

Nashr Ukraina va uning Yevropadagi hamkorlari Yaqin Sharqdagi mojaro AQShning harbiy yordamiga, ayniqsa "Patriot" havo mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berishga qanday ta’sir qilishini kutmoqda ham deb ta’kidlaydi.

Kiritildi: Bugun 14:56. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!