Shimoliy Koreya Rossiyaga 10 ming askar yubordi, deydi AQSH.
Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya Rossiyada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun 10 000 ga yaqin askarini yuborganini ma’lum qildi, bu dastlabki hisob-kitoblardan uch baravar ko‘p.
«Biz KXDR jami 10 mingga yaqin askarini Rossiya sharqida mashg‘ulotlarga jo‘natganiga ishonamiz, bu kelgusi bir necha hafta ichida Rossiya kuchlarini Ukraina yaqinida ko‘paytirishi mumkin», dedi Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx OAVga.
Dastlab Vashington Rossiyadagi Shimoliy Koreya qo‘shinlari sonini 3000 nafar deb hisoblagan edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shimoliy Koreya «tez orada» Rossiyaga 12 ming askarini joylashtirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan bo‘lsa, AQSh prezidenti Jo Bayden buni «juda xavfli» deya, harbiylarning joylashtirilishini qoraladi.