Shimoliy Koreya AQShni qurolsizlantirish talablari va harbiy mashg‘ulotlar orqali “dushmanlik siyosati” olib borishda hamda Koreya yarimorolida keskinlikni oshirishda ayblagan.
Tashqi ishlar vazirligi “Bizning yadroviy qurolimiz suverenitetimizni himoya qilishning mutlaq kafolati bo‘lib xizmat qiladi”, deya Vashingtonning “dushmanlik siyosati”ga qarshi “eng qat’iy pozisiya”da turishini ta’kidlagan.