Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov bilan suhbatda Starlink tizimidan Rossiya hududiga zarba berish maqsadida foydalanish imkoniyatini muhokama qilgani aytilmoqda. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
«Mask avvalroq Fyodorovga Ukrainaga o‘z chegaralaridan tashqarida Rossiya nishonlariga zarba berish uchun Starlink tizimi bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berishga tayyor ekanini aytgan», — deyiladi nashr materialida.
Shu bilan birga, maqolada ta’kidlanishicha, Mask bu masala siyosiy qaror ekanini va uni Oq uy qabul qilishi kerakligini bildirgan.