Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Shimoliy Koreya 25 ming ishchini dron zavodlarida ishlash uchun Rossiyaga yuborishi mumkin

Shimoliy Koreya 25 ming ishchini dron zavodlarida ishlash uchun Rossiyaga yuborishi mumkin

Yaponiya OAVi ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 25 minggacha fuqarosini dronlar ishlab chiqarish va boshqarish bo‘yicha o‘qitish uchun yuborishi mumkin. Bu Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlik yangi bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatmoqda.

Yapon teleradiokorporasiyasi NHK Rossiya va G‘arbdagi diplomatik manbalariga tayanib xabar berishicha, Shimoliy Koreya Rossiyaga 25 minggacha fuqarosini yuborishni rejalashtirmoqda. Ular Yelabugadegi «Geran» («Shahed») dronlarini ishlab chiqarish korxonasida dronlar yaratish va boshqarish ko‘nikmalarini o‘rganishadi.

Bu tashabbus Pyongyangning Moskvaga harbiy ehtiyojlarini qoplashda yordam berishga tayyor ekanini namoyon etmoqda. Xususan, so‘nggi haftada Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya KXDRga uzoq masofaga mo‘ljallangan zarbali dronlar texnologiyasini o‘rgatishni boshlaganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Garpiya» va «Geran» tipidagi dronlar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlar Shimoliy Koreyada tashkil etilishi kutilmoqda.

Budanov, shuningdek, Shimoliy Koreyada tayyorlangan dronlarning bir qismi Rossiyaga qayta yetkazilib, Ukrainaga qarshi urushda qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlagan. Hozirda Rossiya oyiga taxminan 2 mingta dron ishlab chiqarmoqda, ammo yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 5 mingtagacha oshirish niyati bor.

Joriy hafta Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu KXDRga tashrif buyurib, Pyongyangdan Qursk oblastiiga minalarni tozalash uchun ming nafar sapyor va qurilish ishlari uchun 5 minggacha ishchi yuborilishi haqida e’lon qildi. Bu so‘nggi bir oy ichida Shoyguning Shimoliy Koreyaga ikkinchi bor safaridir.

Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi bu kabi hamkorlik g‘arb davlatlarining xavotirini kuchaytirmoqda. Chunki harbiy va texnologiyaviy aloqalar xalqaro sanksiyalar bilan cheklangan ikki davlat o‘rtasida yangi blok shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 18:43 19.06.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!