Shimoliy Kiprning Girne (Kireniya) qirg‘og‘ida cho‘kib ketgan yo‘lovchi kemasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi.
Bu haqda Turkiya vise-prezidenti Jevdet Yilmaz e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar ilgari bedarak yo‘qolgan yana bir yo‘lovchining jasadini topgan.
"Bu cho‘kib ketish oqibatida halok bo‘lganlar sonini 10 kishiga yetkazdi", deya qo‘shimcha qildi u.
30 avgust kuni Filo Jet tezyurar yo‘lovchi kemasi Shimoliy Kiprning Girne porti va Turkiyaning Mersin shahri o‘rtasida ketayotganda Girne qirg‘og‘ida ag‘darilib ketdi.