Prezident qarori bilan, Ibragimov Sherzod Shokirovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 1 iyul kuni Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Ibragimov Ichki ishlar vazirligida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Ibragimov faoliyati davomida:
- Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
- 2022 yil noyabrida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
- 2024 yil iyulidan IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i sifatida ish boshlagan edi.