Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi

Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi

Bugun, 12 sentyabr kuni shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston islom sivilizasiyasi markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.

Bungacha shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida ushbu lavozimga tayinlandi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Shayx Abdulaziz Mansur (Mansurov Abdulaziz Dadajon o‘g‘li) 1944 yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.

2006 yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy) o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-2019 yillarda bir muddat Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi bo‘lib ham ishlagan.

Kiritildi: 21:54 12.09.2019. O'qildi: 2527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!