Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi – loyiha

Shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi – loyiha

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovasion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

U bilan Jinoyat, Jinoyat-prosessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Fuqarolik kodekslariga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni, shuningdek sanoat mulki ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, intellektual mulk ob’ektlariga doir shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bunday obektlarga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiya yig‘ilishlari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 12:32 17.02.2025. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!