Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Prezident Farmoni bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:

🔹 tadbirkorlar uchun moliyaviy operasiyalarni “E-aktiv” tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish;

🔹 ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati narxini 2 baravarga kamaytirish;

🔹 shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;

🔹 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini yaratish.

Shuningdek, amalda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilyotinasi” orqali bekor qilinadi.

Kiritildi: Bugun 16:49. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!