Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shaxmatchilarimiz Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi!

Shaxmatchilarimiz Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi!

16-21 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha 9-17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida rapid hamda blis yo‘nalishlarida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligida yuqori natija qayd etib, jami 12 ta medal qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza.

Ushbu natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin musobaqa mezboni Turkiya terma jamoasiga nasib etdi (8 ta medal). Kuchli uchlikni rossiyalik shaxmatchilardan iborat FIDE jamoasi 6 ta medal bilan yakunladi.

Qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi ham chempionatda munosib ishtirok etib, 9 ta kumush va 4 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘ardi va 8-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: Bugun 15:56. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!