Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Shaxmat. O‘zbekiston Rapid bo‘yicha Jahon chempionatida 4-o‘rinni egalladi

Shaxmat. O‘zbekiston Rapid bo‘yicha Jahon chempionatida 4-o‘rinni egalladi

London shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jamoaviy Jahon chempionati yakuniga yetdi. Unda dunyoning eng kuchli 55 jamoasi qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

3 kun davomida 12 ta tur bahslari o‘tkazildi. Bitta turda har bir jamoa safida 6 nafardan shaxmatchi dona surdi. O‘zbekistonliklar o‘yinlarning 7 tasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 3 ta o‘yinda durang qayd etildi. Jamoamiz 2 ta o‘yinda imkoniyatni boy berdi. Natijada O‘zbekiston jamoasi 17 ochko to‘pladi (g‘alaba uchun 2 ochko, durang uchun - 1 ochko) va 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuncha ochko to‘plagan Freedom jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichga ko‘ra 3-o‘rin egasiga aylandi. "Team MGD1" jamoasi 21 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Hexamind Chess Team" esa 20 ochko bilan kumush medalga ega chiqdi.

Musobaqaning o‘tgan yilgi g‘olibi "WR Chess Team" bu safar 17 ochko bilan 5-pog‘onani qayd etdi. Nodirbek Abdusattorov aynan so‘nggi turda "WR Chess Team" jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi Alirizo Firuzjani alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Fransiyalik sportchi endshpilda oddiy vaziyatda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Shaxmat. O‘zbekiston Rapid bo‘yicha Jahon chempionatida 4-o‘rinni egalladi

Bugundan blis bahslariga start beriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagi shaxmatchilar himoya qilmoqda:

Abdusattorov Nodirbek (2732/2694)
Sindarov Javohir (2668/2626)
Qosimjonov Rustam (2641/2603)
Yakubboyev Nodirbek (2547/2563)
Vohidov Shamsiddin (2519/2581)
Tohirjonova Gulrukhbegim (2282/2110)
Imomqo‘ziyeva Nilufar (1943/2066)
Hamdamova Afruza (2406/2268).

Kiritildi: 16:20 14.06.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!