Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirusga chalingan"

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirusga chalingan"

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemor orasida 11 nafar shifokor ham mavjud, deb ma’lumot berdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. 

26 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda davlat rahbari COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar orasida 11 nafar shifokor ham bor. 

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan. 

Mana shu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovchi mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda, deya qo‘shimcha qilgan u.

Ta’kidlanishicha, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m kompensasiya to‘lanadi.

Kiritildi: 19:52 26.03.2020. O'qildi: 4080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!