Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev transport vaziriga: «Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim»

Shavkat Mirziyoyev transport vaziriga: «Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim»

Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Lekin taqdimotdan ko‘ngli to‘lmaganini aytib, mutasaddilarni tanqid qildi. Bu haqda «Menimcha» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

«5 yilda 400 ta elektrobus olib kelamiz dedik, qachon keladi? Kimda nima takliflar bor? Shaharni birortasi tushunmaydi, shaharni ichida yurmaydi. Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi», — deydi prezident.

Davlat rahbari transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuzlanib, uning taqdimotidan ko‘ngli to‘lmaganini aytdi.

«Bilasanmi, menga bergan ma’lumoting bo‘yicha birorta aniq raqam yo‘q. Faqat maslahat va tavsiya. Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim. Nega menga Toshkent bo‘yicha alohida, tuman bo‘yicha alohida (ma’lumot) bermaysan. Eng og‘ir tuman qaysi? Eng og‘ir bekat qaysi? Eng og‘ir tirbandlik qayerda? Odamlar bizdan qayerda najot kutmoqda? Bu narsa yo‘q menga bergan ma’lumotingda. Umumiy gap», — deydi prezident Ilhom Mahkamovga.

Shavkat Mirziyoyev taqdimotda shahar transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgiladi va mutasaddilar aniq tashabbuslar bilan chiqishini ta’kidladi.

«6 oylikda nima qilamiz, 3 oylikda nima qilamiz, yil yakunida-chi? ‘Yuring prezident, avtobusga mining deb bir marshrutni ko‘rsat, eng og‘ir hududingdan boshla. Men ham avtobusda yurishni xohlayman. Ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak», — deydi prezident.

Kiritildi: 21:44 22.01.2022. O'qildi: 8309 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!