Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

«Potok» operasiyasida qatnashgan rus askarlarida saraton aniqlandi

«Potok» operasiyasida qatnashgan rus askarlarida saraton aniqlandi

Rossiya armiyasi tomonidan Kursk oblastidagi Sudja shahri ozod qilish jarayonida amalga oshirilgan «Potok» maxsus operasiyasi qatnashchilarida o‘pka saratoni aniqlangan.

Rossiyalik jurnalist Anastasiya Kashevarovaning ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya davomida jangchilar 15,7 km masofadagi gaz quvurida harakatlanishgan va 6 kun davomida shu quvurda yashashgan. Ushbu murakkab va xavfli vazifa davomida ular dushman orqasida joylashib, o‘z burchlarini bajarishgan. Biroq, operasiyadan keyin jangchilarning aksariyatida o‘pka shikastlanishlari kuzatilgan. Ularga Kursk shifoxonalarida «o‘rtacha og‘ir bronxit» tashhisi qo‘yilgan.

Anastasiya Kashevarovaning yozishicha, mazkur tashxis yolg‘on bo‘lib, askarlarda o‘pka saratoni rivojlangan. Ba’zilarga 100 ming rubllik kompensasiya to‘langan, biroq bu to‘lovlar jiddiy kasalliklarning sabablarini hisobga olmagan. Ba’zi jangchilarning sog‘lig‘i rak yoki tromboemboliya kabi og‘ir holatlargacha yetib borgan.

Qayd etilishicha, jangchilarning kasalliklari rasmiy ravishda jangda olingan shikast yoki og‘ir jarohat sifatida tan olinmagan. Shu sabab ular qonunchilik bo‘yicha kompensasiya va mukofot olish huquqidan mahrum qilingan.

Umuman olganda, operasiyada qatnashgan 11-brigada, «Veteran», «Axmat», DSHRB «Vostok», 30-polk va 106-brigada jangchilari na mukofotlangan va na rag‘batlantirilgan. Genshtab ularni mukofotlashga arzimaydi, degan qaror qabul qilgan. Masala rus jamoatchiligida keskin norozilik uyg‘otgan. Jangchilar bu operasiyada hayotlari va sog‘lig‘ini qurbon qilgan bo‘lsa-da, rasmiylar ularning xizmatini inkor etmoqda. Murojaatda Genshtabga qayta ko‘rib chiqish va ushbu qarorni adolatli hal etish so‘ralgan.

Kiritildi: 18:55 27.06.2025. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!