Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroilning Eronga qarshi amaliyotini “G‘arbning iflos ishi” deb atagan bayonotidan afsuslanmasligini ma’lum qildi.
Bu haqda u Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida aytdi, deb xabar bermoqda "Report" nashri TASS agentligiga tayanib.
«Yo‘q», — deb javob berdi Mers o‘z so‘zlaridan afsuslanasizmi, degan savolga. Unga ko‘ra, xalqaro huquq qoidalari Germaniyaga ham taalluqli va agar birov ayta olmasa, boshqalar aytishi mumkin.
Mers avvalroq Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotini «hamma uchun iflos ish» deb atagan va Isroil armiyasi hamda hukumatining harakatlarini hurmat qilishini ta’kidlagan edi.
Kanslerning bu bayonoti Germaniyada ham, xalqaro maydonda ham turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim tahlilchilar uning so‘zlarini G‘arbning ikkiyuzlamachiligini tan olish deb baholamoqda.