Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentimiz dastlab Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

So‘ng Oval xonada yetakchilar muzokara o‘tkazdilar. O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, “S5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSh hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi.

Etakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institusional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari AQSh yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Kiritildi: 06:41 07.11.2025. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!