Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev non narxini tushirishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev non narxini tushirishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni topshirgan. Kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kompensasiya pullarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berish yuklatilgan. Tog‘li va olis hududlarda qish mavsumiga un va boshqa oziq-ovqat zaxirasini yaratish aytilgan.

Ma’lumki, 15 oktyabrdan un va bug‘doyning narxlari erkinlashtirilgan. Ijtimoiy nafaqa oluvchiga oyiga 50 ming so‘mdan kompensasiya to‘lanmoqda.

Buxanka non narxi shu paytgacha bir necha marta qimmatlashga ulgurgan. Ayrim joylarda 2500 so‘mgacha yetgan. Toshkentdagi bozorlarda 1600 so‘m (avval 1400 so‘m edi), do‘konlarda 1700 so‘m (avval 1500 so‘m edi) bo‘lgan, Toshkent viloyatida 1800-1900 so‘mgacha chiqqan.

Kiritildi: 15:28 08.11.2019. O'qildi: 5242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!