Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi

Prezidentimiz so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.

“Yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda fermerlar va dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 million, g‘allada 10 million tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”, – dedi davlatimiz rahbari.

Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbisid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi.

“Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2 trillion 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalashga 250 milliard so‘m beriladi.

Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5 foizigacha subsidiya ajratiladi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!