Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan"

Shavkat Mirziyoyev: "Ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan"

Yurtimizda xorijiy investisiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona faoliyat yurityapti.

Lekin ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan. Shu bilan birga, yana 767 ta xorijiy investisiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanyapti.

“Nega buni aytyapman? Bularning mablag‘i, tadbirkorlik ko‘nikmasi, ichki va tashqi bozorda hamkori, ko‘pchiligida brendi bor”, – dedi Prezidentimiz.

Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab, ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperasiyani yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish muhim ekani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga bu borada alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!