Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Inflyasiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki"

Shavkat Mirziyoyev: "Inflyasiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki"

“Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyasiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi”, – dedi Prezidentimiz.

Yil boshidan dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.

Inflyasiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib, inflyasiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

"Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflyasiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki”, – dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflyasiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: Bugun 16:40. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!