Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda nimalar muhokama qilingan?

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda nimalar muhokama qilingan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘tgan yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Iqtisodiy kooperasiya yili doirasida samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.

Birgalikda boy madaniy-gumanitar almashinuv dasturi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi sammitlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, hududlar va rektorlar forumlari, madaniy tadbirlarni o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Etakchilar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak ko‘p tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: 14:03 26.04.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!