O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida Boku shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizasiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
Poytaxtning Kongress-markazida davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qutladilar.
Ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq so‘zlaydi.