Oliy Majlisga Murojaatnomasida Shavkat Mirziyoyev yoshlarning ilmini oshirish haqida to‘xtaldi.
"Biz uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yar ekanmiz, bizga yangi Navoiylar, Mirzo Ulug‘beklar, Boburlarni yetishtirib beradigan tizim kerak. Yoshlarimiz bilimli bo‘lib ulg‘ayishi uchun hamma ishni amalga oshiramiz. Bu asosiy vazifalarimizdan biridir", dedi Mirziyoyev.