Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi"

Shavkat Mirziyoyev: "Avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi"

4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkaziladi (hozir 350 ming).

Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.

Umuman, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi.

Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi.

↕️Shuningdek, kelgusi yillarda:

— 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi;

— tadbirkorlarga «tayyor biznes» shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi;

— har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi;

— «Ay-ti» xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqiladi.

⚡️⚡️Yo‘l-transport sohasidagi rejalar:

➖ aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi;

Toshkent Samarqand, Navoiy Buxoro yo‘nalishlarida qo‘shimcha tezyurar temir yo‘llari quriladi;

➖ temir yo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;

➖ 6 ta yirik ayeroport modernizasiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi;

➖ 2030-yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar quriladi va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinadi.

Toshkent Samarqand va Toshkent Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llari quriladi.

Kiritildi: 14:41 30.05.2023. O'qildi: 2574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!