Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

"Sharmandangni chiqaramiz": Navoiyda erkakdan 30 000 AQSh dollari talab qilishdi

"Sharmandangni chiqaramiz": Navoiyda erkakdan 30 000 AQSh dollari talab qilishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.E. va M.B. o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaro E.X.ning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan video tasvirlarni oila a’zolari hamda yaqin tanishlariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 30 000 AQSh dollari talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: 16:00 20.01.2023. O'qildi: 7196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!