Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA prezidenti tez orada Toshkentga keladi

FIFA prezidenti tez orada Toshkentga keladi

FIFA prezidenti Janni Infantino yaqin kunlarda Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Hozircha tashrifning aniq sanasi va dasturi rasman e’lon qilinmagan.

Janni Infantino O‘zbekistonga oxirgi marta 2025 yil 8 sentyabrda kelgan edi. U Toshkentda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi CAFA Nations Cup finalini stadiondan kuzatdi. Tashrif doirasida Infantino Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi va unga o‘zbek futbolini xalqaro miqyosda rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun "Do‘stlik" ordeni topshirildi. O‘sha uchrashuvda Toshkentda FIFAning mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

O‘zbekiston 2027 yilda Ozarbayjon bilan birgalikda futbol bo‘yicha FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida tashkiliy qo‘mita tuzilishi, stadionlar, mashg‘ulot maydonlari, transport va boshqa infratuzilmani FIFA talablariga moslashtirish belgilangan.

O‘zbekiston bunga qadar 2024 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilgan. 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha Toshkent, Andijon va Buxoroda o‘tkazilgan mazkur musobaqa Markaziy Osiyo tarixidagi ilk FIFA turniri bo‘lgan. Infantino 2024 yil 6 oktyabrda "Humo Arena"da o‘tgan Braziliya—Argentina finalini ham bevosita tomosha qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!