Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova ayrim xonanda dugonalarining g‘iybatlaridan dili og‘rigani haqida "Instagram"dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Men oxirgi vaqtlarda bo‘layotgan ishlardan qattiq ranjiyapman. Shou-biznesdagi bir nechta xonanda dugonalarim tomonidan men haqimdagi aytilayotgan ko‘plab gaplar, g‘iybatlarning bir qanchasi audio va SMSlar ko‘rinishida har kuni o‘zimning “Telegram"imga yetib kelyapti.
San’atkor dugonalarimga aytadigan so‘zlarim shuki: Hurmatli dugonajonlarim! Hamma bir-biriga omonat davrdamiz. Har kuni o‘lim, har kuni mudxish xabarlar, har kuni insonlar bir-biri bilan vidolashmoqda...
Shart emas inson o‘lganidan keyin u yaxshi inson edi deb, kech bo‘lganda ketidan qadrlash... Yaxshisi, uni yoningizda bo‘lgan vaqtida, tirikligida qadrlang!..
Men qanchalar samimiy bo‘lib, ko‘nglim toza bo‘lib yaqin bo‘lganim, muomala qilib ko‘nglim ochiq bo‘lganim sari yig‘ilishib shunchalar meni ig‘vo qilib, yomonlab, ustimdan kulishgan.
Aybim nima? Aybim xech kim bilan ishim bo‘lmay, g‘iybatga qo‘shilmay, o‘z hayotim, karyeram, farzandim, o‘z qiziqishlarim, sohalarim va ijodimda maza qilib qaynab ishlayotganimmi?
Iltimos, men sizlarga tegmadim, siz ham menga tegmang. Alloh hammasini ko‘rib turibdi. Hech bo‘lmasa ig‘volar, g‘iybatlar qilayotganingizda mendan qo‘rqmasangiz ham Allohdan qo‘rqing. Bu konkurslar, bu obro‘-e’tibor va bu go‘zallik hammasi o‘tib ketadi. Insondan esa faqat mehr qoladi. Men Allohga va o‘z kuchimga ishonaman va bilaman Alloh meni doim oldinga yurishimda madadkor bo‘ladi, alhamdulillah...
Men baxtliman! Menga faqat tinchlik kerak, xotirjamlik kerak. Ertaga ko‘z ko‘zga tushganda qanaqa qilib ko‘zimga qaraysizlar hayronman?! Nega yuzimga kulib, “Asalim, shakarim, jonim" deb orqadan shuncha g‘iybat va hasadlar...
San’atkor san’atkorga do‘st bo‘lmaydi, deyilgan gaplarga yana bir bor amin bo‘ldim! Men sizlar uchun duolarimda Allohdan baxt va omad, toza qalb so‘rayman. Baxtli bo‘linglar!
Men doim mendan ustun insonlarga havas qilganman va bu xislatim bilan faxrlanaman. Hasad emas havas qilaman. Istardimki, atrofdagi barcha insonlar HASAD VA HAVASni ajrata bilsin, ig‘vodan yiroq yursin. Chunki men atrofdagilarga havas qilganim uchun shu darajaga yetdim. Bu baxt va omadning kichik siri!!!