Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shahrisabz shahriga «Jahon hunarmandchilik shahri» xalqaro maqomi berildi

Shahrisabz shahriga «Jahon hunarmandchilik shahri» xalqaro maqomi berildi

Shahrisabz shahrida «IROQI» xalqaro kashtachilik festivalining yakuniy marosimi doirasida shaharning hunarmandchilik sohasidagi xalqaro maqomiga oid muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Butunjahon hunarmandlar kengashi AISBL (International) prezidenti Saad Al-Qaddumiy Shahrisabz shahri 2026 yilda kashtachilik yo‘nalishida «Jahon hunarmandchilik shahri» maqomiga sazovor bo‘lganini rasman e’lon qildi.

Shahrisabz shahriga mazkur xalqaro maqomning berilishi shaharda asrlar davomida shakllangan hunarmandchilik an’analari, xususan, milliy kashtachilik san’atining o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lgan «iroqi» kashtachiligining xalqaro darajada e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Tadbir davomida «Jahon hunarmandchilik shahri» maqomini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyevga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur maqom Shahrisabzning hunarmandchilik va madaniy meros sohasidagi mavqeini xalqaro miqyosda yanada mustahkamlash, milliy hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib qilish, mahalliy ustalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda shaharning turistik salohiyatini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, xalqaro e’tirof Shahrisabz shahrini hunarmandchilik va madaniy turizmning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida xalqaro turistik bozorlarda keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 21:30 17.08.2026. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!