Ispaniyaning Seuta shahri meri Xuan Xesus Vivas shaharga kirishga uringan yuzlab muhojir halok bo‘lganini tasdiqladi. U bu haqda Yevropa parlamenti sessiyasida ma’lum qildi.
«Ushbu ulkan oqim natijasida yuzlab insonlarning o‘limiga olib kelgan tuzatib bo‘lmas fojia tufayli chuqur qayg‘udamiz», — dedi Seuta meri.
5 avgust kuni «Kadena SER» radiostansiyasi o‘z manbalariga tayanib, Seutaga kirishga urinishlar vaqtida kamida 141 nafar muhojir halok bo‘lganini xabar qilgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya hududiy suvlarida 78 nafar, Marokash suvlarida esa yana 63 nafar muhojirning jasadi topilgan.
Muhojirlar 30 iyul kunidan boshlab Ispaniyaning Seuta anklaviga ommaviy ravishda kirishga uringan.
Rasmiylar muhojirlar oqimining keskin ko‘payishini Ispaniya Oliy sudining chegarani kesib o‘tishga urinayotganda dengizda ushlangan muhojirlarni tezlashtirilgan tartibda deportasiya qilishni taqiqlovchi qarori bilan bog‘lagan.
Seutadagi migrasiya inqirozi Yevropa davlatlari o‘rtasida ham siyosiy bahslarni kuchaytirdi. Italiya, Finlyandiya va Daniya Ispaniyani Shengen hududidan chiqarishni talab qilgan.