Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Serxio Ramos APLga keladimi?

Serxio Ramos APLga keladimi?

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkinligi haqida gaplarga javob berildi.

Yaqinda Meksikaning "Monterrey" klubini erkin agent sifatida tark etadigan Ramos ayni vaqtda o‘ziga klub izlamoqda. Ispaniyalik himoyachining xizmatlariga "qizil iblislar" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. "ESPN" bergan xabarlarga ko‘ra, MYu rahbariyati futbolchini sotib olish istagi yo‘q ekanini ma’lum qilgan. Futbolchining Meksika klubi bilan amaldagi shartnomasi shu oy oxirida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli futbolchi shu kungacha, "Sevilya", "Real Madrid" va PSJ klublarida to‘r tepishga ulgurgan.

Kiritildi: 23:49 12.12.2025. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!