Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Sergey Kiriyenko O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markaziga tashrif buyurdi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markaziga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga markazning ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishi, ekspozisiyasi va tarixi haqida ma’lumot berildi. Delegasiya a’zolari islom madaniyati bilan birga ilm-fan, ta’lim, ilohiyot, Baqtriya va Xorazm sivilizasiyasi, Buyuk Ipak yo‘li hamda Renessans davrlariga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan tanishdi.

Sergey Kiriyenko markaz haqidagi taassurotlarida uni zamonaviy texnologiyalar yordamida boy ma’naviy va tarixiy merosni namoyon etuvchi noyob maskan deb baholadi.

Tashrif yakunida markaz direktori Firdavs Abduxoliqov mehmonga Husayn Boyqaro devonining faksimil nusxasini sovg‘a qildi.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!