Xitoy AQSh prezidenti Donald Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish haqidagi bayonotlaridan so‘ng, barcha tomonlarni vazminlikka chaqirdi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Szyakun ma’lum qildi.
«Ho‘rmuz bo‘g‘ozi muhim xalqaro savdo yo‘li hisoblanadi», — dedi u kema qatnovi barqarorligi va xavfsizligining ahamiyatini alohida ta’kidlab.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun jahon hamjamiyati manfaatlariga javob beradi.
Szyakun kema qatnovi uchun tahdidlarning asosiy sababi harbiy harakatlar bo‘lib qolayotganini qayd etdi.
«Barcha tomonlar xotirjamlikni saqlashlari va vazminlik ko‘rsatishlari lozim», — deya qo‘shimcha qildi u va Xitoy konstruktiv rol o‘ynashga tayyor ekanini ta’kidladi.