Washington Post'ga ko‘ra, mintaqadagi mavjud 50 ming nafarlik qo‘shin safiga aviatashuvchi kemalar va dengiz piyodalari bo‘linmalari ham kelib qo‘shiladi.
Nashr manbalariga ko‘ra, harbiy salohiyatning bunday oshirilishi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda AQShga turli variantlarni, jumladan, havo zarbalari yoki quruqlikdagi operasiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.