Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildik. Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, Prezidentlar Administrasiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqilgan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegasiyani qabul qilgandi.

Kiritildi: 23:00 15.04.2026. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!