Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sergelidagi yotoqxonalar ularda uzoq yillardan buyon yashayotgan fuqarolarga xususiylashtirib beriladi

Sergelidagi yotoqxonalar ularda uzoq yillardan buyon yashayotgan fuqarolarga xususiylashtirib beriladi

Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan 2 ta yotoqxonalarda yashovchi fuqarolarning murojaati bo‘yicha ularning yashash joyiga mulk huquqini berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq, Sergeli tumani, Sputnik-4 mavzesi, 50-uyda joylashgan 2-sonli yotoqxona va Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi, 32-uyda joylashgan 3-sonli yotoqxona Toshkent shahar hokimligiga tasarruf etish huquqisiz o‘tkazilgan.

Ushbu yotoqxonalardagi xonadonlar soni 134 tani tashkil etib, hozirda ularda 423 nafar fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda.

Mutaxassislar tomonidan yuqoridagi yotoqxonalar o‘rganilib, ularni turar joy toifasiga o‘tkazish mumkinligi haqida xulosalar berildi.

Shu munosabat bilan Bosh prokuratura tomonidan yotoqxonalardagi xonadonlarni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta’minlandi. Mazkur yotoqxonalar ularda uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar manfaatida mulk huquqini belgilash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish uchun Toshkent shahar hokimligiga tasarruf etish huquqi bilan o‘tkazildi.

O‘z navbatida, Toshkent shahar hokimligi va Sergeli tuman hokimligining tegishli qarorlari qabul qilinib, ularga asosan yotoqxonalarning toifasi turar joyga o‘zgartirildi va ularda uzoq yillar davomida yashayotgan fuqarolarga xonadonlarni xususiylashtirish imkoni paydo bo‘ldi.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 11:48 28.08.2018. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!