Sergeli tumanidagi 300-maktabda 4-sinf qiz 5 nafar o‘g‘il sinfdoshlari tomonidan “samosud” qilingani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda maktab koridorida qiz kaltaklangani, jumladan bir bola tomonidan qorniga tepilgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Xabarlarda qayd etilishcha, maktab rahbariyati mazkur holat bo‘yicha bolalarga va o‘qituvchilarga ham xech qanday chora ko‘rmagan. "2 bolaning haydalishini aytgan rahbariyat keyin gapidan qaytib, yana bolalarni maktabga qaytargan", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, qizning onasini farzandi xavfsizligidan xavotirda ekani ta’kidlangan. Ayni paytda maktab va Ta’lim vazirligi tomonidan holat yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot berilgani yo‘q.