Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki shaxs uyiga kelgan mehmon tomonidan pichoqlandi. Bu haqda Millar dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 7 aprel kuni gumonlanuvchi yigit tanishining uyiga mehmonga keladi va ular o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Shundan so‘ng gumonlanuvchi oshxonadagi o‘tkir tig‘li jism bilan ikki nafar yigitga jarohat yetkazadi.
Gumonlanuvchi yigit Sergeli tumanidagi tanishining uyiga mehmonga kelgan. Kutilmaganda ular o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yigit oshxonadagi pichoq bilan ikki nafar yigitga tan jarohati yetkazgan. Yigitlar shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yigitlar jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan. Ulardan biri besh marotaba, yana biri esa 7 marotaba pichoqlangani aytilgan.
Shuningdek, 7 aprel kuni soat 14:31 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.Gumonlanuvchi uyni jinoyat sodir etgach yoqib yuborgani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (Qasddan ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.