Sergeli avtomobil bozori hududida «saygaklar»ning suratlari tushirilgan ogohlantirish stendi paydo bo‘lgan. Maxsus e’lonlar taxtasiga jami 40 nafar shaxsning fotosurati joylashtirilgan. Ularning 39 nafari erkak, 1 nafari ayol kishi. Har bir surat tagida fuqaroning ism-familiyasi va tug‘ilgan yili aniq ko‘rsatilgan.
Bozor ma’muriyati ushbu shaxslar noqonuniy savdo bilan shug‘ullanib kelganligini ta’kidlagan holda, xaridor va sotuvchilarni aldanib qolmaslikka chaqiryapti.