Serbiyaning Veliki-Borak shahridagi qariyalar uyida 20 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Yana bir qancha jabrlanganlar Belgraddagi shifoxonalarga yetkazilgan. Yong‘inni o‘chirishda ko‘plab qutqaruvchilar va o‘t o‘chirish mashinalari ishtirok etdi.
Yong‘in soat 03:32 da boshlangan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar umumiy maydoni 500 kvadrat metr binoning 150 kvadrat metr maydonida yong‘in sodir bo‘lganligini aniqladilar.
- Yong‘inda halok bo‘lganlar ustidan ekspertiza tayinlandi va ushbu fojia qanday sharoitlarda sodir bo‘lganligini aniqlash bo‘yicha keyingi choralar ko‘rilmoqda. Yong‘inni uy turg‘unlaridan biri qo‘zg‘atgan, uning o‘zi jabrlangan, deb taxmin qilishga asos bor, —deyiladi Serbiya prokuraturasi bayonotida.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Davosda bo‘lib, qariyalar uyida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
– Barayevo yaqinidagi qariyalar uyida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiraman. Bosh prokuraturaning tezkor javobidan mamnunman va polisiya tergovi yakunlanishiga ham ishonaman.