Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiyada hukumatga qarshi yangi yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Serbiyada hukumatga qarshi yangi yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Serbiyada hukumatga qarshi yangi yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

1 fevral kuni o‘n minglab odamlar Dunay daryosi ustidagi ko‘priklarni to‘sish uchun Novi-Sadda to‘plandi. “Uch oy – uch ko‘prik” deb nomlangan aksiya Novi-Saddagi vokzal peshtoqining qulab tushganiga uch oy to‘lishi munosabati bilan tashkillashtirildi.

Namoyish ishtirokchilari ko‘priklar va ularga tutash bo‘lgan yo‘llarda harakatni to‘sib qo‘yishdi. Natijada shaharda yirik tirbandliklar yuzaga keldi. Serbiyadagi norozilik namoyishlarining asosiy kuchi talabalar bo‘ldi. Namoyishchilarga fermerlar ham qo‘shildi, ular o‘z traktorlarida ko‘priklarni to‘sib qo‘yishdi.

Serbiya bo‘ylab namoyishlar Novi-Sad vokzali peshtoqining qulab tushishi oqibatida 15 kishi halok bo‘lganidan keyin boshlandi. Ko‘pchilik ushbu fojianing sababi hukumatning korrupsiyaga botganligi va Xitoy kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilgan yirik infratuzilma loyihalaridagi qonunbuzarliklar ekaniga ishonmoqda.

Kiritildi: 10:47 02.02.2025. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!