Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Serbiya prezidenti va uning oilasiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan ikki shaxs hibsga olindi

Serbiya prezidenti va uning oilasiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan ikki shaxs hibsga olindi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich oilasiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan ikki shaxsning hibsga olinganidan xabardor ekanligini e’lon qildi.

Bu haqda "Politika" nashri xabar berdi.

Vuchich hujumni kim rejalashtirganini bilmasligini, ammo uning tayyorlanishini tasdiqlovchi videolavhalarga ega ekanligini aytdi. Mavjud dalillarga asoslanib, reja dastlab o‘g‘liga, keyin esa o‘zi va rafiqasiga hujum qilish edi, deb yozadi nashr.

23 fevral kuni Serbiya Ichki ishlar vazirligi, Jinoyat polisiyasi boshqarmasi, Jinoyatga qarshi kurash xizmati, Xavfsizlik va axborot agentligi (Serbiya razvedka agentligi) va Serbiyaning Kralevo shahrida polisiya xodimlari maxsus operasiya davomida shaharning ikki aholisini jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganliklarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar asosida hibsga oldilar. Serbiya huquqni muhofaza qilish organlari qo‘lida mavjud bo‘lgan dalillarga ko‘ra, bu shaxslar prezident oilasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlariga hujum qilish uchun qurol sotib olishni niyat qilganlar.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!