Sankt-Peterburgda 7-qavatdan qulayotgan bolani qutqargan yurtdoshimiz Xayrullo Ibodullayev jasorati uchun “Tigran Keosayan” mukofoti va 1 million rubl(159 mln so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlandi.
U berilgan mablag‘ni O‘zbekistondagi kasal otasi va to‘rt nafar qiziga yuborishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, u bolani tutib qolish chog‘ida o‘zi ham jarohat olgan. Kecha O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan ham mukofotlandi.