Bugun 26 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Serbiya prezidenti Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun uzr so‘radi

Serbiya prezidenti Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun uzr so‘radi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning aytishicha , Belgrad adashib, Ukraina bo‘yicha BMT rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlagan va fuqarolardan kechirim so‘ragan.

“Menimcha, bugun Serbiya xato qildi. Fuqarolardan uzr so‘rayman va aybni o‘z bo‘ynimga olaman”, dedi Vuchich Happy TV telekanalida.

Uning tushuntirishicha, Serbiya Amerika rezolyusiyasi bo‘yicha ovoz berish paytida bo‘lgani kabi betaraf bo‘lishi kerak edi. “Biz Amerika rezolyusiyasiga to‘g‘ri ovoz berdik – betaraf qoldik. Yevropa rezolyusiyasiga nisbatan ham shunday qilish kerak edi”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Vuchich Serbiya Rossiya yoki AQShga xayrixohlik ko‘rsatmasligi kerakligini, ammo betaraf qolish uning manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Ukraina va Yevropa davlatlari taklif qilgan, adolatli tinchlik o‘rnatish, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish va harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi. Hujjatni 93 davlat qo‘llab-quvvatladi, 18 davlat qarshi ovoz berdi, 65 davlat betaraf qoldi.

Kiritildi: 22:57 25.02.2025. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!