Bugun 23 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada tabiiy yo‘qotish – ya’ni vafot etganlar va tug‘ilganlar soni orasidagi farq 596,2 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Rosstat ma’lumot berdi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yildagi darajadan 20,4% yuqori bo‘lib, o‘shanda tabiiy yo‘qotish 495,2 ming kishi bo‘lgan.

2024-yilda mamlakatda tug‘ilgan chaqaloqlar soni kamayishda davom etib, 1,222 million bolani tashkil etdi, bu 2023-yildagidan 3,4% kam (1,265 million). Bunday past tug‘ilish darajasi oxirgi marta faqat 1999-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 1,215 million bola tug‘ilgan edi. Tug‘ilish koeffisiyenti (har 1 ming kishiga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) 2023-yildagi 8,7 dan 2024-yilda 8,4 ga tushib ketdi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda tug‘ilish darajasi faqat Checheniston, Dog‘iston, Ingushetiya, Kabardino-Balkariya, Shimoliy Osetiya, Adigeya va anneksiya qilingan Qrim hududlarida o‘sgan.

2024-yilda Rossiyada 1,82 million kishi vafot etdi, bu 2023-yildagidan 3,3% ko‘p. Bunga qadar, 2022 va 2023-yillarda o‘lim darajasi pasaygan edi: 2023-yilda 7,1%, 2022-yilda esa 22,3% ga. Ushbu pasayish 2021-yildagi COVID-19 pandemiyasi sababli rekord darajada ko‘p – 2,44 million odam vafot etgani bilan bog‘liq edi. 2024-yilda o‘lim koeffisiyenti 12,0 dan 12,5 ga oshdi (har 1 ming kishiga).

Shunday qilib, Rossiyada tabiiy yo‘qotish to‘qqiz yildirki ketma-ket davom etmoqda va 2016–2024 yillar oralig‘ida jami 4 million kishidan oshdi. 2000-yildan beri Rossiya aholisi 11 million kishiga kamaydi, bu Sankt-Peterburg aholisining ikki barobari yoki Lipetsk, Ryazan va Bryansk viloyatlari aholisi sonining o‘n karra oshig‘iga teng.

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘limi prognoziga ko‘ra, Rossiyada tug‘ilish va o‘lim o‘rtasidagi nomutanosiblik 2070-yilgacha har yili 500–700 ming kishi darajasida saqlanib qoladi. Tabiiy yo‘qotish migrasiya oqimi hisobiga qisman qoplanishi mumkin, ammo shunga qaramay, mamlakat aholisi kamayishda davom etadi. BMT bahosiga ko‘ra, 2100-yilga kelib Rossiya aholisi 126 million kishiga tushib ketadi, bu esa 1965-yildan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ladi.

Kiritildi: 20:45 22.02.2025. O'qildi: 5133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!