Bugun 26 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaga urush natijasida yetkazilgan zararning yangilangan bahosi e’lon qilindi. U qancha?

Ukrainaga urush natijasida yetkazilgan zararning yangilangan bahosi e’lon qilindi. U qancha?

Ukrainaga urush natijasida yetkazilgan zararning yangilangan bahosi — 524 mlrd dollar. Bu uning uch yillik YAIMiga teng.

Jahon banki, BMT, Yevropa komissiyasi va Ukraina hukumati urushdan keyin mamlakatni tiklash uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larning yangilangan qo‘shma bahosini e’lon qildi.

2024 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, u 10 yil ichida 524 milliard dollarni tashkil etdi. Bu bir yil oldingi baholashdan 7 foizga ko‘pdir. Ma’lumot uchun, bu summa Ukrainaning 2024 yildagi nominal YAIMdan 2,8 baravar ko‘p.

O‘tgan yilgi "zarar va ehtiyojlarni tezkor baholash ishlaridan" keyin Ukraina energetika tarmog‘iga yetkazilgan zarar 70 foizga oshdi. Shuningdek, iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda uy-joy fondining 13 foizi zarar ko‘rgan, bu esa 2,5 million ukrainalik uy xo‘jaliklariga bevosita ta’sir qiladi.

Kiritildi: 20:12 25.02.2025. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!