Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 24 fevral kuni Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilganligi hamda qonuniy chora ko‘rish uchun Bektemir tumani IIO FMBga topshirilganligi haqida axborot tarqatilgan.
Biroq bu xabarni ayrim ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchi shaxs aynan “xonanda Shahriyor” ekanligini yozib tarqatishmoqda. IIV axborot xizmati rahbari ushbu axborot haqiqatdan yiroqligini ma’lum qilmoqda.
Bu kabi xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi JPKning 23 moddasida belgilangan Aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunini 14-moddasi hamda Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunni 6-moddasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, deyiladi xabarda.